Rossiya tomonidan Qozoğistondan harbiy poligonlar yaratiş uçun ijaraga olingan 11 ming ga öz egasiga qaytarib beriladi. Bu haqda Qozoğiston mudofaa vaziri örinbosari Oqas Saparov senatning “Qozoğiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hukumatlari örtasidagi Balxaş yerlarining Rossiya raketa hujumini ogohlantiriş tizimida qöllanilişi va ijaraga beriş tartibi töğrisidagi kelişuvni ratifikatsiya qiliş töğrisida”gi qonun loyihasini körib çiqiş böyiça qömitasi yiğilişidan söng bayonot berdi.
“Darhaqiqat, ikki tomonlama kelişuv Rossiya Federatsiyasi tomonidan yer maydonlarini qisqartiriş töğrisida imzolangan, - dedi u. – Hozir aniğini ayta olmayman, lekin bu 11 ming ga çiqadigan yer hududi. Bu Qozoğistonga zarur yer osti boyliklari bor yerlarga ajratilgan poligonlarga tegişli. Biz ularni tölaligiça ijaradan çiqaramiz”.






