Janubi-Şarqiy Osiyodagi eng yirik 3D-çop etiş laboratoriyasi 26 sentabr kuni Singapurda iş boşladi. Today naşrining qayd etişiça, mazkur loyihaga ajratilgan investitsiya miqdori 3,6 million dollarni taşkil etdi.
Mazkur laboratoriyaga 15 dona 3D-printer örnatilgan bölib, ular tomonidan jismoniy şaxslar va turli kompaniyalarning şu kabi mahsulotlarga bölgan ehtiyojini qoplaş möljallangan. Unga asos solgan Ultra Clean Asia Pacific kompaniyasi vakillarining sözlariga köra, işlab çiqarişda asosan aerokosmik, tibbiyot, jumladan, stomatologiya sohasidagi ehtiyojlarni qondirişga e'tibor qaratiladi. Kompaniya vitse prezidenti Lavi Levaning ta'kidlaşiça, tibbiy maqsadlarda qöllaniluvçi turli implantatlarni işlab çiqariş rejalaştirilmoqda.
Singapur hukumati 2013 yilda 3D formatdagi çop etişni ham öz içiga olgan “kelajak çop etiş qurilmalari” beş yillik loyihasini amalga oşiriş uçun 361 mln dollar ajratgan edi.






