Tanasining pastki qismi bir neça yillar muqaddam yöl-transport hodisasi tufayli falajlanib qolgan amerikalik Adam Fritts noyob tibbiy amaliyotdan keyin tört metr masofani heç qanday taşqi yordamlarsiz bosib ötdi, deya xabar berdi NTV telekanali.
Mazkur muvaffaqiyatga yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotida şifokorlarning bemor oyoqlaridagi asab tolalarini uning miyasi bilan boğlaşi natijasida erişildi. Tadqiqot iMove Kaliforniya universiteti laboratoriyasida bölib ötdi. Innovatsion jarrohlik amaliyotining mohiyati şikastlangan orqa miya qismini aylanib ötişga asoslangan. Bunda miyadan yönaltirilgan elektr impulslar kompyuter orqali tizzalar ostiga joylaştirilgan elektrodlarga yuboriladi.
Ta'kidlaş joizki, bunda faqatgina texnika yordamida muvaffaqiyatga erişilmadi: 28 yoşli bemor bir neça oylar davomida miyaning pastki qismlar harakatini ta'minlaşga javobgar nuqtalarini qayta jonlaştiriş va oyoq muşaklarini çiniqtirişga qaratilgan maxsus maşğulotlarni ado etdi. Faqatgina şifokorlarning 19- urinişidan söng bemor qadam taşlay boşladi.
Bu tibbiyot tarixida pastki qismi falajlangan bemorning robotlaştirilgan qurilmalar yordamisiz yana qaytadan yura boşlagan ilk hodisa böldi.






