Bağdodga Rossiya, Iroq, Suriya va Eron bilan birgalikda “IŞID” terrorçilik guruhiga qarşi kuraşiş uçun yaratilgan axborot markazida işlaş uçun 6 nafar rossiyalik harbiy yetib keldi. Bu haqda Iroq parlamenti xavfsizlik va mudofaa qömitasi boşliği Hakim az-Zamliyga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.

“Bağdodga 6 nafar rossiyalik mutaxassis yetib keldi. Ular yiğiliş ötkazdilar, yiğilişlar hozir ham davom etmoqda. Axborot almaşinmoqda, biz bu koalitsiyaga kiruvçi davlatlar manfaatiga mos keluvçi natijalarga erişilişiga umid bildiramiz”, deb aytdi Az-Zamliy.

Şuningdek, Bağdodga 6 nafar eronlik harbiy ham kelgan, Suriyadan ham 6 nafar mutaxassis kelişi kutilmoqda.

Avvalroq Iroq, Suriya, Eron va Rossiya örtasida razvedka ma'lumotlari bilan almaşişga ixtisoslaşgan Boğdoddagi axborot markazi öz işini oktabr-noyabr oylaridan boşlaşi ma'lum qilingandi.