Iroqda 2 sentabr kuni öğirlab ketilgan turkiyalik işçilar 30 sentabrda ozodlikka çiqarildi. Turkiyaning NTV telekanali tarqatgan xabarga köra, bu haqda jurnalistlarga hozirgi vaqtda Nyu-Yorkdagi BMT Boş Assambleyasi yiğilişida iştirok etayotgan mamlakat boş vaziri Ahmad Dovutöğli ma'lum qildi.
Uning sözlariga köra, Turkiya fuqarolari Basra şahrida ozodlikka çiqarilgan va ayni paytda Turkiya elçisi hamrohligida Bağdod şahriga yöl olgan. Dovutöğlining ta'kidlaşiça, u telefon orqali ikki işçi bilan suhbatlaşişga ulgurgan.
Eslatib ötamiz, 2 sentabr kuni niqoblangan, harbiy libosdagi noma'lum şaxslar Iroq poytaxtining şarqiy qismida joylaşgan Madinat- es-Sadr tumanida barpo etilayotgan olimpiya sport majmuasining quriliş maydoniga bostirib kirib, 18 nafar turk – 14 işçi, uç muhandis va bir hisobçini noma'lum tomonga olib ketgan edi. Ikki Turkiya fuqarosi 16 sentabrda qöyib yuborilgan.






