AQŞ Davlat kotibi Jon Kerrining ma'lum qilişiça, Barak Obama va Vladimir Putin örtasida ötkazilgan muzokaralardan keyin AQŞ va Rossiyaning Suriya masalasidagi pozitsiyalari bir-biriga yaqinlaşgan. Bu haqda u MSNBC telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qilgan.
"Ikki tomon ham Suriyaning yaxlit va siyosiy mojarolardan xoli davlat bölişini istaşadi. Ikki tomon ham IŞIDning butunlay bartaraf etilişini va mamlakatda tartib örnatilişini istaydi", deydi bu borada Kerri.
U mamlakatda aynan qanday yöl bilan tartib örnatilişi böyiça indamagan.
"Suriyani saqlab qoliş uçun keç bölgani yöq", deydi Kerri.
AQŞ Davlat kotibi Obama va Putin Suriyadagi vaziyatning tartibga tuşişi uçun çoralar izlayotganini qayd etib ötgan.
Kerrining bu ikki davlat rahbarining uçraşuvi oçiq ruhda ötgani va tomonlar töğri yöldan ketayotganini ta'kidlagan.
Kerri Ukraina masalasiga ham e'tiborni qaratib, bu hududdagi vaziyat yaqin oylar içida barqarorlaşişini aytgan.






