Prezident Barak Obama Rossiya va AQŞ örtasidagi munosabatlarni yaxşilamoqçi. Bu haqda Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev Obama bilan uçraşuv yakunlariga köra bayonot berdi.

Eslatib ötamiz, Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyevning AQŞ prezidenti Barak Obama bilan uçraşuvi çoğida ikki rahbar savdo-iqtisodiy, investitsion va energetik sohalardagi hamkorlikni mustahkamlaş masalalarini muhokama qildi. Özaro hamkorlikning mintaqadagi barqarorlik va xavfsizlikni ta'minlaşdagi ahamiyati qayd qilindi.

“AQŞ va Rossiya prezidentlari uçraşib, ötkir masalalarni hal qilib olganidan juda mamnunman, - dedi Nazarboyev matbuot anjumanida. – Janob Obama menga Ukraina va Suriya masalasidagi muzokaralar yakunlari haqida gapirib berdi. U “Rossiyaning pozitsiyasini tuşuna boşladim, biz birga işlaymiz”, dedi. Quvonarlisi, u prezidentligining qolgan bir yarim yili mobaynida ikki davlat örtasidagi munosabatlarni yaxşilaşga intiladi”.