Özbekistonda ilk bora uysiz it va muşuklar uçun boşpana qurib beriladi. U haşar yöli bilan qad rostlaşi kutilmoqda. Uni nodavlat notijorat taşkilot hisoblanmiş “Uysiz jonivorlarni qutqariş taşkiloti” qurib beradi. Uşbu taşkilot 2014 yilda oçilgan. Taşkilot faollari uysiz qolgan it va muşuklarni uy bilan ta'minlaşga, ularni salomatliklari va tozaliklaridan boxabar bölişga harakat qilişadi.

Bularning bari şaxsiy mablağlar va mehribon insonlar yordami evaziga amalga oşadi.
Öz uylarini topgan itlar: oldingi va hozirgi suratlar. Taşkilot arxividan.

Taşkilot faollari bir neça yildan beri uysiz it va muşuklarga boşpana qurişni rejalaştirib kelişayotgandi. Va nihoyat taşkilot uç gektar yerni qölga kiritişga muvaffaq böldi. U Qibray tumanida joylaşgan. Hozirça u yerda heç narsa yöq: na quriliş, na elektr quvvati va na suv.

— Hukumat bizga bu yerni mutlaqo bepulga ajratdi. Biz buning uçun ulardan minnatdormiz, — dedi taşkilot asosçisi Oksana Kapyrina.

– Bu  jamiyat uysiz jonivorlarga mehr közi bilan qarayotganini isbotlaydi.

Birinçi haşarga önga yaqin odam yiğildi. Haşarçilar kunlar sovuq bölişi bilan haftaning har yakşanbasida yiğilişni kelişib olişdi. Taşkilotning aytişiça, bu işni taşkillaştirişga yanada köp qöllar va moddiy yordam kerak. Taşkilot a'zolari bilan Feysbuk ijtimoiy tarmoğidagi “Barçasi öz qölingda” («Vse v tvoix rukax») sahifasi orqali boğlaniş mumkin.