Yamanda hukumat kuçlari va isyonçi xusiyçilar örtasidagi qurolli ixtilof boşlangandan beri kamida 2355 nafar tinç aholi halok böldi, deb aytilmoqda 29 sentabrda çop etilgan BMTning inson huquqlari böyiça oliy komissari boşqarmasi hisobotida.
Faqatgina oxirgi ikki haftaning özida jangovor harakatlar 151 kişining umriga zomin böldi.
Çop etilgan ma'lumotlarga kuni-keça arab koalitsiyasi harbiy-havo kuçlari tomonidan Vohija qişloğida ötayotgan nikoh marosimiga yangliş zarba berilişi oqibatida halok bölgan 130 nafar kişi kiritilmagan.
BMTning inson huquqlari böyiça oliy komissari boşqarmasi Yaman hukumatini va arab koalitsiyasiga kiruvçi davlatlarni tinç aholining halok bölişi haqidagi xabarlarni “mustaqil va xolis” tergov qiliş imkoniyatini berişga çaqirdi.
Oxirgi ma'lumotlarga köra, Saudiya Arabistoni boşçilik qilayotgan koalitsiya Yamanda operatsiya boşlagandan beri halok bölganlarning umumiy soni deyarli 5 mingga yetib qoldi.






