Afğonistonda “Tolibon“ terrorçilik guruhining yirik bölinmalari va unga ittifoqdoş bölgan “Haqqoniy tarmoği” guruhi 28 sentabrda bosib olgan, mamlakat şimolidagi 300 ming aholiga ega Qunduz şahrini uç kundan beri öz nazoratida uşlab turibdi.
Afğonistonning kattaligi böyiça 3-raqamli aholi punkti mamlakat xavfsizlik kuçlari bölinmalari va NATO maxsus kuçlari tomonidan örab olingan.
Dastlabki ma'lumotlarga köra, Qunduzdagi janglarda 30 kişi halok bölgan, 200 dan köproq odam yaralangan. Şaharning ozod etilişi istiqbollari noma'lumligiça qolmoqda.
Jangarilar otryadlari 28 sentabrda Toşkent vaqti bilan 06:30 da Qunduzga katta kölamda hujum uyuştirgan. “Huquq-tartibot muassasalari hujum haqida ma'lumotga ega bölganlar va unga tayyorlanganlar. Biroq biz bu hujumning kölamini töğri baholay olmadik, çunki jangarilar bir vaqtning özida önta turli yönalişdan bostirib keldi”, deb aytdi Afğoniston IIV rasmiy vakili Sodiq Sodiqiy.
Toliblar bir urinişda şaharning katta qismini bosib oldi va tinç aholi qoçib keta olmasligi uçun barça yöllarni tösib qöydi.
Jangarilar butun şahar böylab, jumladan boş maydonda öz bayroqlarini örnatdi. Ularning nazoratiga davlat muassasalari, maktablar, Qunduz universiteti, qurol-aslaha va öq-dorilar omborlari ötdi. Mahalliy banklar, dökonlar va xonadonlar talon-taroj qilindi. Dastlabki ma'lumotlarga köra, jangarilar tomonidan yetkazilgan ziyon 1 mlrd dollardan köproqni taşkil qilişi mumkin.






