AQŞ ğarbidagi Riversayd okrugi oliy sudi Kaliforniya ştatida istiqomat qiluvçi fuqaroga elektron sigaretalarni zaryadlovçi qurilmalar işlab çiqariş bilan şuğullanuvçi kompaniyalar tomonidan 1,9 million dollar miqdoridagi tovon puli tölanişi böyiça qaror çiqardi. Assoşeyted Press naşrida yozilişiça, bunga jabrlanuvçining kompaniya tomonidan işlab çiqarilgan mahsulot tufayli kuyiş jarohati olgani sabab bölgan.

Xabarda aytilişiça, bu sud işida VapCigs, Cartons 2 Go va Tobacco Expo kompaniyalari javobgarlikka tortilgan.

Aniqlik kiritilişiça, bu sud işi 2013 yilda sodir bölgan voqea böyiça bölib ötgan. Öşa yili jabrlanuvçi Jyennifer Rays öz turmuş örtoği bilan aeroportdaligida öz elektron sigaretini quvvatlab oliş uçun metall qurilmaga yaqinlaşgan va quvvatlantiriş jarayonida yonğin kelib çiqqan. Uning rafiqi Ksave Rays vaqtida yetib kelib olovni öçirgan, Rays xonim bu vaziyatda ikkinçi darajali kuçişga uçragan.

Natijada, uşbu juftlik Braziliya safarini qoldirişga majbur bölgan. Jyennifer Rays şifoxonada davolanib çiqqan.