Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov Rossiyaning Suriyadagi harakatlari borasida Pentagon aytayotgan gaplarga quloq solmaslik lozimligini aytdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi. Lavrov buni AQŞ OAVlari vakillariga ma'lum qildi.    

“Hammasi haqida Rossiya Mudofaa vazirligi ma'lumot berdi, bizning aviazarbalar haqida Pentagonning gaplariga quloq solmang”, deb aytdi Lavrov.

Avvalroq Pentagon ixtiloflarga kelmaslik uçun Suriyada Rossiya harbiy-havo kuçlaridan foydalaniş borasida suhbat taşkil etişni taklif qilgandi. 

30 sentabr kuni Rossiya Federatsiya Kengaşi bir ovozdan Vladimir Putinning Rossiya qurolli kuçlaridan xorijda foydalaniş borasidagi murojaatini ma'qulladi.