Falastin Davlati prezidenti Mahmud Abbos BMTga falastin xalqini himoya qilişini sörab murojaat qildi. Abbos BMT Boş assambleyasidagi nuqtida BMTga “hali keç bölmasdan, öziga qöyilgan vazifalarni bajarişini” aytib murojaat qildi.
“Men BMTga bizni himoya qilişni sörab murojaat qilmoqdaman. Bizning BMTdan boşqa himoyamiz yöq. Bizga sizning himoyangiz kerak”, deb aytdi Abbos.
Şu bilan birga Abbos Isroilni tinçlikka amal qilişga çaqirdi. “Men Isroil hukumatidan öz rejalarini uqdiriş uçun keskin kuç işlatişni töxtatişini sörayman”, deb aytdi Abbos öz nutqi davomida.
Abbosning aytişiça, Isroil ayni paytda “aparteid tuzum va isroil aholisiga keng ustunliklar tizimini” örnatişga intilmoqda.
Abbos Isroil tomonidan amal qilinmayotgani sababli ikki tomonlama kelişuvdan çiqib ketiş bilan tahdid qilmoqda. “Isroil biz imzolagan kelişuvga amal qilişdan boş tortayogani uçun biz bu kelişuvga bir tomonlama amal qila olmasligimizni aytişga majburmiz”, deb aytib ötdi Abbos.






