2015 yilning 1 oktabridan Olma-Otadagi jamoat transportida naqd pul bilan hisob-kitob qilib bölmay qoldi. Davlat rahbarining topşiriğiga binoan avtobuslar “Onay” (“Önğay”) elektron yölkira haqini tölaş tizimiga ötdi.

Taqdimot doirasida şahar hokimiyati va transport xoldingi vakillari jurnalistlarga uşbu xizmatdan qanday foydalanişni körsatib berişdi.
“Uskunalar KAP-1 avtobuslariga örnatib bölindi. Sekinlik bilan ular boşqalariga ham, jumladan, xususiy parklar avtobuslariga ham örnatiladi.

2016 yil 1 yanvaridan tölov faqat elektron kartalar bilan amalga oşiriladi. Kartalarning bir qança turlari bor – ijtimoiy, nafaqa, maktab, talabalik, transport kartalari”, — dedi Olma-Ota transport xoldingi direktori Serik Jumabekov.