Parij hukumati 1 oktabr kunidan boşlab şahar köçalariga sigaret qoldiği taşlaganlarga nisbatan 68 yevro miqdoridagi jarima qöllanişi haqida ma'lum qildi.

Qayd etilişiça, bugungi kunga kelib Fransiyada köçalaridan har yili umumiy hisobda 350 tonna sigaret qoldiği yiğib olinadi.

"Bizningça, bu yangi qoida atrof-muhit ifloslanişi va odamlarning zaharlanişi holatlarini kamaytiradi. Endilikda kaşandalar yöllarga va suvlarga sigaret qoldiqlarini taşlamaslikka harakat qilişadi", deydi Parij hokimiyati vakillaridan biri.

Bundan oldinroq, Fransiya soğliqni saqlaş vaziri Marisol Turen jamoat joylarida elekton sigaretalar çekişni taqiqlaş taklifi bilan çiqqandi.