Qozoğiston Taşqi işlar vaziri Yerlan Idrisov Suriyadagi ijtimoiy fojiani “dunyodagi eng jiddiy inqirozlardan biri” deb atadi. Mamlakat taşqi işlar boş idorasi rahbari Qozoğiston Respublikasining bu boradagi pozitsiyasini BMT Xavfsizlik kengaşidagi oçiq debatlarda iştirok etiş asnosida ma'lum qilib ötdi.
Vazirning qayd etişiça, Qozoğiston muzokara va tinçlik yöli bilan Suriya siyosiy kelajagini belgilaş, mamlakatdagi zöravonlik va qon tökilişlarga barham berişda xalqaro hamjamiyat – BMT, Arab davlatlari ligasi, AQŞ va Rossiya Federatsiyasi köradigan çora-tadbirlar, şuningdek, Suriya hukumati va muxolifat xatti-harakatlarini qöllab-quvvatlaydi.
"Qozoğiston Suriya inqirozini faqatgina tinç yöllar bilan hal etiş pozitsiyasida sobit qoladi”, - dedi Idrisov.
Qozoğistonlik vazir mamlakat hukumatining global çaqiriqlarni hal etişda öz amaliy hissasini qöşişga tayyor ekanini ham ma'lum qildi.






