Rossiya samolyotlarining Suriyada “IŞID” pozitsiyalariga bergan avizarbalari natijasida jangarilarga tegişli qömondonlik punktlari yöq qilindi, deb ma'lum qilindi Rossiya Mudofaa vazirligida.

“Bugun Rossiya harbiy-koinot kuçlari samolyotlari Suriya Arab Respublikasi hududida “IŞID” terrorçilik guruhining 8 ta pozitsiyasiga aniq zarbalar berdi. 20 ga yaqin parvozlar amalga oşirildi”, deb aytdi Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili general-mayor Igor Konaşenkov.

“IŞID” jangarilariga tegişli harbiy texnika, transport vositalari, qurol-aslaha, öq-dori va yoqilği-moylaş omborlari zarbaga uçradi. Toğli hududda jangarilar tuzilmalarini boşqariş qömondonlik punktlari butunlay yöq qilindi”, deb qöşimça qilib ötdi Konaşenkov.

Konaşenkovning ta'kidlaşiça, barça zarbalar havo razvedkasi ötkazilgandan va Suriya armiyasi ştabidan olingan ma'lumotlar aniqlaştirilgandan keyin amalga oşirilgan. Fuqarolik infratuzilmalari obektlariga qarşi va ular yaqinida Rossiya samolyotlari qurollaridan foydalanilmagan.

Rossiya Mudofaa vazirligi zarbalar berilişi holati aks etgan videolavhalarni namoyiş qildi.