Gollivudning taniqli aktyori Tom Kruzning 6 daqiqa davomida suv ostida nafas olmasdan qolişi tasvirlangan lavha internetga joylaştirildi.
U bu tryukni şu yilning yozida prokatga çiqarilgan “Uddalab bölmas topşiriq: qalloblar qabilasi” (Mission: Impossible - Rogue Nation) filmi suratga olinişi davomida bajargan.
Kruzning özi ma'lum qilişiça, u bu tryukni harbiyça usulda amalga oşirgan.
Uşbu jarayonda Tom Kruz qahramoni suv ostida vintni buraş va kompyuter çipini örnatiş bilan band böladi. Bu vaqtda uning yonida şerigi Rebekka Fergyuson ham böladi. Har ikki aktyor ham nafas oliş qurilmalaridan foydalanmagan holda bu sahnani bajarişgan.
“Uddalab bölmas topşiriq: qalloblar qabilasi” (Mission: Impossible - Rogue Nation) filmi şu vaqtgaça dunyo kinoteatrlarida 673,5 mln dollardan ziyod mablağ jamlagani xabar qilingandi. Film 2015 yilning 30 iyulida katta sahnalarga çiqarilgan.






