Manchester şahri sudi Nataniel Kerr ismli havaskor futbolçini havaskorlik maqomidagi uçraşuvlardan birida raqib futbolçisiga jiddiy tan jarohati yetkazgani uçun qamoqqa hukm qildi. Manchester Evening News naşrida yozilişiça, bu voqea AFC Gold Cup turniri doirasidagi uçraşuvda sodir bölgan.
Uşbu voqeada aybdor bölgan Kerrning tan olişiça, u raqib futbolçisi Styuart Parsonsning oyoqlariga undan öz jamoadoşi uçun qasos oliş maqsadida taşlangan. U raqibining oyoğini şikastlagaç, uning ustida turib, "Örningdan tur, latta!" deya baqirgan.
Öyin hakami şu zahotiyoq öyinni yakunlagan. Jabrlanuvçi zudlik bilan şifoxonaga olib borilgan. Uning töpiq qismi ikki joyidan singani aniqlangan.
Parsonsni operatsiya qilişgan. U endi uzoq vaqt tiklaniş jarayonini ötkazadi.
Qoidabuzarga nisbatan qamoq muddatidan taşqari 5ta öyindan iborat diskvalifikatsiya qöllanişi va undan 450 funt miqdoridagi jarima undirilişi aytilgan.







