Navbatdagi hafta avvalidan Özbekistonning ayrim hududlarida qisqa muddatli yomğirlar qayd etilib, havo harorati örtaça 5-7 darajaga pasayadi. Bu haqda Özbekiston Gidrometeorologiya markazi xabar berdi.
Toşkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatilarida 3-5 oktabr kunlari özgaruvçan ob-havo kuzatilib, ayrim tumanlarda qisqa muddatli yomğir yoğişi mumkin. 3-4 oktabrdagi havo harorati keçasi 10-15, kunduzi 25-30 daraja atrofida böladi. 5-6 oktabrga kelib esa keçasi 7-12, kunduzi 18-23 darajagaça iliq böladi.
Andijon, Namangan, Farğona viloyatlarida ham taxminan şunday harorat kuzatiladi. Biroq sinoptiklar uşbu viloyatlarda yoğingarçiliklar bölişini ma'lum qilmadi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham kelgusi hafta avvali yoğingarçiliklarsiz ötişi kutilmoqda. 3-5 oktabrda havo harorati keçasi 10-15 daraja, kunduzi 25-30 daraja atrofida böladi. 5-6 oktabrdan esa keçasi 7-12, kunduzi 20-25 daraja atrofida böladi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida 4-6 oktabr kunlari kunduzgi harorat 15-20, keçkisi 5-10 darajaga qadar pastlaşi kutilmoqda.
Şuningdek, Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 5-6 oktabrdagi havo harorati kunduzi 22-27, keçasi 8-13 daraja atrofida bölişi başorat qilindi. Uşbu hududlarda yoğingarçiliklar haqida xabar qilinmadi.
Mamlakatimizning toğli hududlarida 3-5 oktabr kunlari yoğingarçiliklar ehtimoli baland. Harorat 3-4 oktabr keçasi 7-12, kunduzi 17-22 daraja, 5-6 oktabr kunlari esa keçasi 3-8, kunduzi 11-16 daraja atrofida iliq böladi.