17 sentabr kuni Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida 29 yoşli Qizlarxon Jumayeva biryöla uçta farzand kördi. Bolalarga Hasan, Husan va Egamberdi ismlari qöyildi. 25 sentabr kuni ona uyiga qöyib yuborildi.
“Bu biz uçun çinakam sovğa böldi, - dedi Jumayeva “Znamya drujby” naşriga bergan intervyusida. – Turmuş örtoğim bilan ikkita qizni tarbiyalab kelayotgan edik. Öğil xohlayotgan edik. Biryöla uçta öğil kördim”.
Bolalarning vazni 2 200, 2 600 va 2 800 gr ni taşkil qiladi. Ular bir yoşgaça maxsus nazorat ostida böladi.
“Bu bizning muassasamizda köp kuzatiladigan holat, - dedi viloyat perinatal markazi boş neanatologi Erkin Safarov. – Ötgan yilning mart oyida ham uçlik dunyoga kelgan edi. Hozir markazda Navbahor tumanidan kelgan homilador ayol yotibdi, u dunyoga biratöla törtta egiz farzandni keltirişi kutilmoqda”.






