Bugungi kunda barça maktablar qoşida xususiy korxonalar tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlanadigan oşxonalar mavjudligiga qaramay, öquvçilar taşqarida sotiladigan yengil taomlar bilan tamaddi qilişni ma'qul körmoqda.

Bunday mahsulotlarning har doim ham sifat talablariga javob bera olmasligi esa e'tibordan çetda qolmoqda. Bu masalani oydinlaştiriş uçun Anhor.uz sayti öz suriştiruvini ötkazdi.
Avvalo, köçada savdo qiluvçi ayollar soliq tölamasliklari bois arzonroqqa savdo qilişi, qarzga mahsulot berişi bolalarning diqqatini tortmoqda.

Ayollar, öz navbatida, muxbirlar bilan suhbatda iş topa olmaganliklari uçun bunday iş bilan şuğullanişlarini ma'lum qildilar.
Ta'kidlanişiça, ular sotayotgan mahsulotlar sanitariya-gigiyena talablariga mutlaqo javob bermaydi. Ularga qarşi bir qança reydlar uyuştirilganiga qaramay, hozirça köpgina maktablarda vaziyatni önglaş imkoni bölmayapti.