Özbekiston musulmonlari idorasi rasmiy saytida «Bid'atdan saqlanaylik!» sarlavhali maqola e'lon qilindi.

"Arab tilidagi "bid'at" sözining luğaviy ma'nosi «bir narsani yangidan paydo qiliş, yangilik kiritiş» deganidir. Şar'iy istilohda dinda bölmagan narsani dinga qöşiş, diniy işlarda keyinçalik noörin joriy bölgan odatlar "bid'at" deyiladi. Din esa Alloh taoloning Öz Rasuli (sollallohu alayhi va sallam) orqali körsatgan yöriğidir. Dindagi bid'at ikki xil böladi: 1. E'tiqodga taalluqli bölgan bid'atlar (mö'tazilalar, ravofizlar, jahmiya va boşqa toifalarning Ahli sunnat val jamoa e'tiqodiga qöşgan bid'atlardir). 2. Alloh hamda Uning Rasuli körsatmagan biror iş yoki odatni asossiz ibodat sifatida dinga kiritiş kabi amaliyotdagi bid'atlar", deyiladi xabarda.

Maqolada eng xunuk bid'atlar önta ekanligi tilga olinadi va ularning ba'zilari keltiriladi. Bulardan: Qur'oni karimni öqiş, zikr, duo, namoz, tasbeh va boşqa amallarni pulga şartlaşib qiliş; ölikni eslaş uçun taom tayyorlaş va yeyiş, qabr ustida şam yoqiş, kelin va ölik oldida zikr qiliş, qabr ustida bino quriş, u binoni bezaş va u yerda yotiş; nafl namozlarini jamoat bölib öqiş; namozni ado etişdagi ta'dili arkonni tark etiş, qarğa tumşuğini yerga urganday qilib namoz öqiş; namozda imomdan oldinga ötiş va unga qarama-qarşi turiş; saflarni tuzatmaslik va boşqalar xunuk bid'atlardandir.