IŞID guruhining qömondonlik punkti va bir qança texnika birliklari Rossiya harbiy aviatsiyasining Su-24M qiruvçilari tomonidan yöq qilindi. Mudofaa vazirligi rasmiy vakili general-mayor Igor Konaşenkovning sözlariga qaraganda, aviazarbalar Xama va Idlib viloyatlarida amalga oşirilgan.

“Xama viloyatida Kofirzayt aholijoyi yaqinida Su-24M samolyotlari IŞIDning qömondonlik punktini töliq yöq qildi, - uning sözlarini keltiradi RIA Novosti. – U terrorçilar tomonidan yaxşi mustahkamlangan beton obekt edi. Yirik kalibrli qurol bilan jihozlangan bir qança texnika birliklari yöq qilindi”.

Şuningdek, u Idlib viloyatida öq-dori ombori va yuk ötkaziş bazasi yöq qilinganini aytib ötdi.