Andijon temir yöl vokzali 2016 yili foydalanişga topşiriladi. Bu haqda Telegraf.uz sayti xabar bermoqda.

Ayni kunlarda Angren-Pop elektrlaştirilgan temir yöl liniyasini quriş işlari davom etmoqda. Angrendan Orzu, Çodak va Pop-2 stansiyalariga qadar bölgan joyda elektrifikatsiya işlari yakunlandi. Qurilişning umumiy masofasi 123.4 km ni taşkil qiladi.

Bugungi kunga qadar 6 stansiya, 2 vokzal, 285 muhandislik inşootlari, 19 köprik qurildi. Andijondan Toşkentgaça bölgan sayohat 5 soat vaqtni olişi xabar qilinmoqda.
Andijonda qurilayotgan vokzal 350 yölovçiga bir paytda xizmat körsatişga möljallangan. Kelajakda uning kengaytirilişi közda tutilmoqda.