AQŞ vakillar palatasi 1 oktabrda Oq uyga Eron unga qarşi avval berilgan barça da'volar böyiça majburiyatlarni bajarmagunça undan qandaydir sanksiyalarni olişini taqiqlovçi qonun loyihasini qabul qildi.

Qonun loyihasi matniga köra, Eron 2000 yil 4 maydan 2015 yilning 22 mayigaça bölgan davr mobaynida unga qarşi çiqarilgan barça sud qarorlarini bajarişi majbur. Bu amalga oşmagunça, Barak Obama avval kiritilgan sanksiyalarni bekor qila olmaydi. Boşqaça aytganda, bu qonun loyihasi AQŞga Eron yadroviy dasturi böyiça “halqaro vositaçilar oltiligi” va Eron örtasidagi Tehronning yadroviy dasturi böyiça kelişuvning öz qismini bajarişiga ruxsat bermaydi.

Şu kunning özida senatning bank qömitasi 40 yildan beri amalda bölgan AQŞ neftini eksport qilişga embargoni bekor qiliş haqidagi qonun loyihasini qöllab-quvvatladi. Unga kongressning quyi palatasida qabul qilingan hujjatdagidek tuzatma kiritildi.