«Mançester Yunayted»ning sobiq yarimhimoyaçisi Pol Skoulz Angliya Premer-Ligasi klublarida töp suruvçi  futbolçilarning saviyasiga baho berdi. 

«Agar Angliyaga keladigan öyinçilarning saviyasiga qaraydigan bölsak, bizda Yevropa yoki dunyoning eng zör futbolçilari bor, deb ayta olmayman. Eng zörlari “Real” va “Bavariya”da. Saviyasi bir poğona pastroq futbolçilar “PSJ” va “Yuventus”da bordir. Ana undan keyin ingliz klublari futbolçilari keladi. 

Buni kutilmagan narsa deb ayta olmayman. Öyinçilarning saviyasi haqida gapiradigan bölsak, siz bizning eng yaxşi klublardagi futbolçilar “Barselona” tarkibiga kiritilgan bölardi, deb öylaysizmi? Men bunga qattiq şubhalanaman. Ular “Real” yoki “Bavariya” safidan örin olişa olmasdi. Ehtimol, faqatgina Aguero bunga loyiqdir”, deb aytdi Skoulz BT Sport körsatuvi efirida.