Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko Ukraina Donbassda qarama-qarşi tomonlar töqnaş kelgan çiziqdan kalibri 100 mm dan kiçik bölgan qurol-aslahalarni olib çiqib ketişini ma'lum qildi. Bu haqda “Ukrainskaya pravda” tvitterida ma'lum qilindi.
“Parijdagi uçraşuvning asosiy natijasi muhim qarorlarning qabul qilinişi böldi. Birinçi qaror – biz yengil qurol-aslahani olib çiqib ketamiz va buni ertagayoq amalga oşiramiz. Jarayonning keçişini aniq muhokama qilib oldik”, deb aytdi Poroşenko.
Poroşenko “normand törtligi” muzokaralari natijalariga bosiqlik bilan munosabat bildirişini ma'lum qildi.
“”Men Parijdagi “normand” muzokaralari natijalariga bosiqlik bilan qarayman”, deb aytdi Poroşenko.






