Rossiya harbiy-koinot aviatsiya guruhi Suriyadagi operatsiya davomida “IŞID” jangarilarining boşqaruv punktini yöq qildi, deb aytilmoqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot bayonotida.

Bu haqda Mudofaa vazirligi vakili general-mayor Igor Konaşenkov ma'lum qildi.

Uning aytişiça, kun davomida Su-34, Su-24M va Su-25 samolyotlarining 14 ta parvozi amalga oşirildi.

“Kun davomida Rossiya aviatsiya guruhi “IŞID”ning Suriyadagi obektlariga aniq zarbalar berdi. “Xmeymim” aviabazasidan 14 ta parvoz amalga oşirildi. Parvozlar davomida “IŞID”ning 6 ta obektiga zarba berildi”, deb aytdi Konaşenkov.

Vayron qilingan “IŞID” boşqaruv punkti Idlib viloyatidagi Xon-Şayxun aholi punkti hududida joylaşgan bölgan.