Afğonistonning Qunduz şahrida “Çegarasiz şifokorlar” xalqaro gumanitar taşkilot ofisiga havodan bomba yoğdirilişi tasodif bölmadi. Bu haqda taşkilotning Italiya bölinmasi boş direktori Gabriel Eminente aytib ötdi.

“Koordinatalarimizni barça bilar edi, ular harbiy harakatlar arafasida tasdiqlangan edi. Oxirgi xabar 29 sentabrga daxldor. Bu bizning odatiy amaliyotimiz: biz qayerda va qanday işlayotganimizda hamma bilişi lozim”, - dedi Eminente.

Uning ta'kidlaşiça, şifoxona bir soat mobaynida bir neça marotaba öqqa tutilgan.
“Samolyot bomba taşlab ketar, navbatdagi zarbani beriş uçun yana qaytib kelar edi”, - tuşuntirdi tibbiyot arbobi.

Eslatib ötamiz, taşkilotning Qunduzdagi aviazarbalar oqibatida zarar körgan şifoxonasida 12 nafar şifokor va 7 nafar bemor halok bölgani xabar qilingan edi.