AQŞ politsiyaçilari AQŞning Kaliforniya ştatidagi Tuolomni şahrida 4 nafar ösmirni özlari öqiydigan maktabga hujum qilişga tayyorgarlikda gumon qilib hibsga oldi, deb xabar bermoqda The Orange County Register naşri.

Mahalliy şerif vakillarining ma'lum qilişiça, sentabr oxirida öquvçilar öz sinfdoşlarining maktab öqituvçilari va öquvçilariga hujum qilmoqçi bölayotganliklari haqida politsiyaga xabar berganlar. Politsiya şundan keyin ösmirlarning qurbonlari bölişi kerak bölgan öqituvçilar va öquvçilar röyxatini qölga kiritgan.

Ayni paytda hibsga olinganlarning şaxslari ma'lum qilinmayapti.

Avvalroq Oregan ştatidagi Umpkva kollejida talabalardan biri özi öqiydigan sinfda otişma uyuştirgandi. Oqibatda 9 kişi halok bölgan. Keyinroq 26 yoşli qotilning uyidan 13 ta öqotar qurol topilgan, kollejga esa 5 ta töpponça va miltiq bilan kelgani ma'lum bölgan.