“Çegarasiz şifokorlar” xodimi Afğonistonning Qunduz şahrida amalga oşirilgan aviazarbalar taşkilotning tibbiy markazida qanday aks etganini hikoya qilib berdi.

“Tungi soat 2:00da portlaşdan uyğonib ketdik, - deydi tibbiyot birodari Zoltan Layoş. – Dastlab men nimalar bölayotganini tuşunmadim. Hafta davomida bombardimon va portlaşlarni eşitib keldik, ammo bular bizdan uzoqda bölayotan edi. Bu safar hammasi özgaça böldi”.

“Şifoxona xodimlari nima bölganini tuşunişga harakat qilganiça, bombardimon davom etdi. Men qoniga böğilib qolayotgan hamkasbimni topib oldim. Unga yordam zarur edi. Gospital vayron böldi”.

Tirik qolganlar yaradorlarga yordam körsatişga harakat qilişdi. Vengriyalik köngilli şifokorning ta'kidlaşiça, ularning köz oldida hamkasblari jon taslim qilayotgan edi.

“U yerda sodir bölgan dahşatlarni ta'riflaydigan sözlarni topiş muşkul, - xulosa qildi guvoh. Ayrim şifokorlar heç narsa qila olmay, faqat dod solib yiğlar edi. Intensiv terapiya bölimida olti mijoz yotgan joylarida yonib kul bölayotgan edi...”.
Eslatib ötamiz, taşkilotning Qunduzdagi aviazarbalar oqibatida zarar körgan şifoxonasida 12 nafar şifokor va 7 nafar bemor halok bölgani xabar qilingan edi.