Rossiya Qurolli kuçlari Boş ştabi Boş tezkor boşqarmasi boşliği, general-polkovnik Andrey Kartapolov Rossiya aviatsiyasi Suriyada “IŞID” pozitsiyalariga uç kun davomida zarbalar berişi natijasida terrorçilik guruhining moddiy-texnik bazasini barbod qilişga hamda jangarilarning jangovor salohiyatini ança tuşirişga muvaffaq böldi, deb ma'lum qildi. 

Kartapolov bu haqda Rossiya mudofaasini boşqariş milliy markazida jurnalistlarga ma'lum qildi.
“Zarbalar kun böyi “Xmeymim” aviabazasidan Suriyaning butun hududi böylab berildi. Uç kun davomida terrorçilarning moddiy-texnik bazasi barbod qilindi va jangarilarning jangovor salohiyati ança tuşirildi”, deb aytdi Kartapolov.

Kartapolov, şuningdek, Rossiya harbiy aviatsiyasi “IŞID”ning 50 dan ortiqroq obektini nişonga oliş uçun 60 dan köproq parvozni amalga oşirganini ma'lum qildi.
Avvalroq Kartapolov “IŞID”ning 600 ga yaqin jangarisi Suriyada nazorat qilayotgan hududlarini tark etib qoçib ketganini ma'lum qilgandi.