"Real" jamoasining fransiyalik hujumçisi Karim Benzema "Atletiko"ga qarşi keçgan uçraşuvdan keyin (1:1) jurnalistlar bilan gaplaşdi.

"Biz ikkinçi golni ura olmadik. Lekin bu ham yomon natija emas. "Atletiko" "Real"ni 4:0 hisobida yengganiga köp vaqt bölmadi. Bunday kuçli jamoa bilan safarda 1:1 hisobini qayd etiş işonç bilan olğa yurişga imkon beradi.

Qolaversa men öyin davomida almaştirildim va natijaga ta'sir körsata olmadim. Men har safar maydonga jamoaga yordam beriş uçun çiqaman. Meni murabbiy har öyinda almaştirişi esa hiqildoğimga kelgan. Lekin men özimni xotirjam tutgan holda öz ustimda işlaşda davom etaman.

"Atletiko" bilan öyinda murabbiy meni jamoa mudofaasini kuçaytiriş maqsadida almaştirganini ham töğri tuşunaman", deydi futbolçi.

Ma'lumot uçun, Benzema joriy mavsumda 6ta öyinda 6ta gol urgan.