Oxirgi yillarda AQŞ boşqa davlatlar uçun jangçilar tayyorlab berişga milliarlab dollar sarfladi, ammo bu yillarda tayyorlangan guruhlar barça jabhalarda mağlubiyatga uçramoqda. Bu The New York Times naşrida ta'kidlandi.
Maqola muallifining fikriça, bu holat nafaqat tayyorgarlik dasturining mukammalligi, xarajatlarning oqlanganligi, balki Barak Obama ma'muriyatining usullarini ham şubha ostiga qöymoqda.
Ayniqsa, ta'kidlanişiça, muvaffaqiyatsizlar Iroq, Suriya va Afğonistonda yaqqol közga taşlangan. Iroqning Anbar viloyati armiyasi AQŞ tomonidan yetiştirilganiga qaramay, deyarli harbiy harakatlarda iştirok etmadi, Qunduz viloyati armiyasi esa bir neça yuz Tolibon jangarilarining zarbalariga çiday olmay çekinişga majbur böldi.
Suriya muxolifati uçun tayyorlangan guruhlarga 500 mln dollar ketdi. Ammo bu guruh ilgarigilaridan ança kiçikdir va yakka holda operatsiyalar bajara olmaydi.






