2016 yilning 1 yanvaridan boşlab Qozoğistonda rezina öq otişga möljallangan travmatik va gaz-travmatik qurollardan foydalaniş taqiqlanadi.
Taqiqlangan qurollarni topşirmagan fuqarolar röyxatdan ötgani yoki ruxsat berilganidan qat'i nazar, jinoiy javobgarlikka tortiladi, deya yozmoqda “Karavan”.
Mazkur qurollarni topşiriş aksiyasi 2015 yil avvalidan boşlangan edi. Birgina Semey politsiyasiga şu vaqtga qadar 388 töpponça topşirildi. Ular uçun mukofot puli 30-150 ming tengeni taşkil etadi.
Öz-özini mudofaa qiliş vositasi sifatida faqatgina gaz patronli töpponça va elektroşok uskunasiga ruxsat berilgan. Ularni olib yuriş uçun esa içki işlar organlaridan tegişli ruxsat oliş talab etiladi.






