Bugun, 5 oktabr kuni Şimoliy Koreyada Janubiy Koreya respublikasi fuqarosi bölgan 21 yoşli talaba ozodlikka çiqariladi va vataniga qaytariladi. Bu haqda janub matbuoti xabar bermoqda.
21 yoşli Von Mun Çu Nyu-York universiteti talabasi hisoblanadi. U AQŞ vakilligiga ega.
U şu yilning aprelida Şimoliy Koreya va Xitoy çegarasida mamlakat hududiga noqonuniy ravişda kirişda ayblanib, qölga olingandi.
Seulda ma'lum qilinişiça, uşbu talaba çegarada joylaşgan qişloqlardan biri orqali mamlakatga qaytadi.
Bundan oldinroq, Çu AQŞ hukumati va Janubiy Koreya respublikasini KXDR bilan duşmanlikni töxtatiş hamda bu davlatni tan olişga çaqirgandi.
Şuningdek, Von Mun Çu KXDR hukumati tomonidan mehribonlik körgani va AQŞdagi öqişini davom ettiriş istagidaligini aytib ötgan.






