YouTube dagi The Twin Brothers Challenge kanali boşlovçilari jahondagi eng aççiq garmdorilar bölmiş “Karolina Riper” (Carolina Reaper) va “Trinidad çayoni” (Trinidad Scorpion Moruga)ning 130 donasidan tayyorlangan şarbatni içişdi.
Aka-ukalar 65 dona “Karolina Riper” va yana şunça “Trinidad çayoni” garmdorilarini olib, ularni şarbat tayyorlagiçdan ötkazişadi va stakanlarga quyib, içib yuborişadi.
Foodbeast naşrining yodga solişiça, “Trinidad çayoni” 2011 yildajahonning eng ötkir garmdorisi deb tan olinib, Ginnesning rekordlari kitobiga kiritilgan edi. Xuddi şu titulga 2013 yilda “Karolina Riper” garmdorisi erişgan. Ularning ötkirligi Skovill şkalasi böyiça 1,5-2,2 million birlikka teng.






