Terma jamoalar markazi direktori Asqar Tolibjonov "Futbol şarhi" körsatuvidagi çiqişi davomida Özbekiston milliy terma jamoasida vitaminlar yetişmovçiligi borligini inkor etdi.
"Özbekiston milliy terma jamoasi yiğini farmatsevtik aralaşmalar bilan töliq ta'minlangan. Buning uçun bizda tibbiyot markazi bor va şifokorlarimiz tomonidan buyurtma qilingan barça vositalar olingan.
Umuman, gazeta va boşqa ommaviy axborot vositalarida terma jamoa futbolçilari vitaminlar bilan yetarliça ta'minlanmagani haqidagi xabarlarni öqib hayron qolaman. Bu xabarlar töliq töğri emas. Biz tibbiyot markazi tomonidan buyurtma qilingan barça farmatsevtik vositalarni olganmiz. Futbolçilar maşğulotlar vaqtida va tiklaniş jarayonida ularni iste'mol qilib, optimal sport formalarini yiğişda foydalanmoqdalar.
Bu narsalar Terma jamoalar markazi taşkil etilgandan buyon yölga qöyilgan. Keyin, futbolçilarga duç kelgan dorini qabul qiliş mumkin emas. Çunki doping nazoratidan öta olmay qolişlari mumkin. Biz buni ham nazorat qilamiz.
Yana şuni aytib ötişim lozimki, har bir futbolçi terma jamoa yiğiniga yetib kelgaç, tibbiyot markazida körikdan ötadi va unga köra murabbiylar ştabi futbolçiga yuklamalar işlab çiqadi", - deydi Tolibjonov.






