Jahonda bugun töp surayotgan professional futbolçilarning uçdan bir qismi tuşkunlikka tuşib turadi. Bu haqda Yevropa matbuoti FIFPro xalqaro professional futbolçilar kasaba uyuşmasi ötkazgan sörovnoma natijalariga köra xabar qilmoqda.
U yerda körsatilişiça, sörovnomada iştirok etgan 607 futbolçining 38 foizi, 2015 sobiq futbolçining 35 foizi sörov ötkazilişidan oldingi bir oy davomida tuşkunlikka tuşgan.
FIFPro boş şifokori Vensan Gutbarjning sözlariga qaraganda, tuşkunlikda futbolçilarning jarohat oliş ehtimoli ança oşadi.
Tadqiqot Belgiya, Çili, Finlyandiya, Fransiya, Yaponiya, Norvegiya, Paragvay, Peru, Ispaniya, Şvetsiya va Şveytsariyada ötkazildi.






