Meksikalik harbiylar mamlakat şimolidagi Sinaloa ştatida muvaffaqiyatli amaliyotni ötkazişdi, deya xabar berdi hudud hukumati vakili. Kuliakan munitsipalitetida giyohvandfuruşlarning maxsus xaltalarga solinib, avtomobillarda olib ketişda tayyorlab qöyilgan marixuana ombori aniqlandi.
Noqonuniy yukning umumiy vazni 23,3 tonnani taşkil etdi. Şuningdek, omborxonadan 10 kg miqdoridagi metamfetamin deya taxmin qilinayotgan kristall şaklidagi modda, 8 dona avtomat qurol, turli kalibrdagi 13 töpponça va ular uçun aslahalar topildi.
General-polkovnik Roxelio Teran Kontrerasning jurnalistlarga ma'lum qilişiça, harbiylar 2015 yilning yanvar-sentabr oylarida birgina Sinaloa ştatida köplab naşa va köknor ösimligi dalalarini yöq qilib, 76 tonna marixuana va 438 kg kokainni musodara qildi, 67ta narkotiklar tayyorlaş laboratoriyasini foş etdi.
Tezkor qidiruv amaliyotlarida giyohvand moddalar savdosida aloqadorlikda gumon qilingan 151 kişi qölga olindi, şuningdek, 350 dona öq otar qurollar olib qöyildi.






