Kobul şahrida ikki terrorçi-hudkuş Rossiyaning elçixonasi va mamlakat parlamenti binosi oldida ikkita kuçli portlatişni amalga oşirdi, deb xabar bermoqda TOLO News naşri.

Terrorçilarning şeriklari voqea joyini örab olgan mahalliy huquq-tartibot muassasalari xodimlari bilan otişmaga kirişgan. Dastlabki ma'lumotlarga köra, bir neça nafar jangari qabila boşliği, Ğilmon viloyati gubernatori Turon Naimning uyiga bostirib kirgan. 

Oxirgi oylarda Afğonistonda armiya va "Tolibon" jangarilari örtasida köp sonli töqnaşuvlar yuz bermoqda. 1 oktabrda hukumat kuçlari Qunduz şahrini egallab olgan terrorçilarni şahardan siqib çiqarişga muvaffaq bölişgan.