Yaqinda Ğarb “Suriya mö'tadil muxolifati” loyihasining muvaffaqiyatsizlikka uçraganini tan oldi. Endilikda esa u Rossiyani aynan öşa kuçlarga zarba berişda ayblamoqda, deb yozadi The Independent naşri.
“Xabar qilişlariça, Rossiya “mö'tadil muxolifat”ni öqqa tutmoqda, bunday kuç esa, AQŞning tan olişi, allaqaçonlardan buyon yöq”, - deyiladi materialda.
Ta'kidlanişiça, bu kuçlar Suriya ozod armiyasiga qoçib ötgan harbiylardan iborat edi, Ğarb davlatlari esa bu kuçni Asadning muqobili sifatida körayotgan edi.
Ammo bu armiya allaqaçonoq parçalanib ketdi, qurolli guruhlarning katta qismi IŞID va “Jabhat an-Nusra” tarkibiga qöşildi. Vaşingtonning mö'tadil kuçlarga harbiylar tayyorlab beriş dasturi ham iş bermadi: 70 nafar tayyorlangan jangçilar “an-Nusra” tomonidan tor-mor qilindi.
Şundan söng MRBning sobiq rahbari Devid Petreus mö'tadil muxolifat inqirozini e'tirof etdi. Ammo Rossiya Suriyaga kirib kelişi bilan butun Ğarb yana mö'tadil muxolifatni esga oldi.
“Vaholanki bir neça haftagina muqaddam Ğarb bu kuçlardan voz keçgan edi”, - deyiladi maqolada.






