2020 yilga qadar Özbekistonning kabel korxonalarini modernizatsiya qilişga 14.3 mln dollar ajratiladi. Uşbu jarayonda Xitoyning Gulf Cable Trading Company taşkiloti faol iştirok etadi.

Uşbu xorijiy kompaniya tomonidan Navoiy erkin iqtisodiy zonasida taşkil etilgan Navoi Cable Connector korxonasini modernizatsiya qilişga 2 mln dollar qaratiladi. Bundan taşqari, u 2019 yilga qadar “Özkabel” AJga işlab çiqarişni zamonaviylaştirişga yordam beradi.

2014 yilda, “Özeltexsanoat” AK ma'lumotlariga qaraganda, mamlakatda mavjud 7 kabel korxonalarining elektrotexnik sohadagi uluşi 53.7 foizni taşkil qildi.