AQŞning sobiq davlat kotibi, AQŞ prezidenti lavozimiga nomzod Xillari Klinton agar prezident etib saylansa, AQŞ qurolli kuçlarining uruşlar, ixtiloflar va töğridan-töğri bosib kirişlardagi iştiroki borasida qarorlar qabul qilişda ehtiyotkorlik bilan yondaşişini ma'lum qildi. Klinton bu haqda NBC telekompaniyasi efirida aytib ötdi.

Klinton Nyu-York ştati senatori sifatida 2003 yilda Iroqqa AQŞ qöşinlarining kiritilişi borasidagi qarorining xato ekanligini navbatdagi galda tan oldi. "Men Iroqda kuç işlatilişi uçun öz ovozimni berganimni xato deb hisoblayman. Men notöğri qaror qabul qilganman", deb aytdi Klinton NBC studiyasida Iroqdagi harbiy kampaniya iştirokçisining savoliga javoban.

"Men hozirda katta darajada xavotirdaman va köp darajada "yöq" deyişga tayyorman. Çunki men öşanda "ha" deb, öz ovozimni prezident Buşga berganman. Hozirda men diplomatiyaga işonaman", deb aytmoqda Klinton.