2015 yilning 6 oktabr kuni Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov BMT Aholişunoslik jamğarmasining Özbekistondagi Vakolatxonasi yangi rahbari Mieko Yabutani qabul qildi. Bu haqda taşqi işlar vazirligi matbuot xizmati xabar bergan.

Mieko Yabuta özining Özbekistonga tayinlanganligi töğrisidagi UNFPA ijroçi direktori Babatunde Osotimehinning xatini topşirdi.

Suhbat çoğida Jamğarmaning 2010—2015 yillarga möljallangan Mamlakat miqyosidagi Dasturi doirasidagi qöşma loyihalarni amalga oşirilişi körib çiqildi hamda hamkorlikni yanada rivojlantirişning istiqbolli yönalişlari muhokama qilindi.