Eronlik ikki nafar muhojir La-Manş böğozi ostidagi 50 km masofadagi Yevrotunnel orqali Buyuk Brtianiya hududiga ötib olişga harakat qildi. Ular tunneldan çiqqan vaqtda britan politsiyasi tomonidan hibs qilindi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.

Qayd etilişiça, eronliklar bu harakati orqali öz hayotlarini katta xavf ostida qoldirişgan. Ular yöl davomida ikki tomonga harakatlanayotgan poyezdlar ostida qolmaslikka harakat qilişgan.

Xabarda aytilişiça, ular ötgan haftaning şanba kunida Fransiyada noqonuniy muhojirlarning ommaviy ravişda hibsga olinişi boşlanganidan keyin şunday qarorga kelişgan. Ular fransuz politsiyaçilaridan qutulişga harakat qilişgan.

Britan politsiyasi ularni hibsga olgaç, Folkston sudi ularga "temir yöldagi harakatga qasddan xalaqit beriş" böyiça ayb qöydi.

25 yoşli Payam Moradi Miraxessari va 20 yoşli Farim Vaxdani sud hukmi eşittirilguniga qadar hibsda saqlanadi.

Britaniyalik siyosatçilar Fransiyaning Kale şahrida yiğilgan qoçqinlar katta muammolarni keltirib çiqarişi mumkinligini aytişgan.

Şu yilning avgustida Sudan fuqarosi bölgan muhojir ham Yevrotunnel orqali Buyuk Britaniyaga ötişga uringanida qölga olingandi.