Öz talabalarini Fransiyada ta'lim olişni davom ettiriş uçun yuborişi mumkin bölgan özbek oliy öquv yurtlariga «N+i» faoliyatini taniştiriş niyatida tarmoq direktori Jan-Per Trotinyon joriy yilning 29 sentabrdan 2 oktabr kunigaça Toşkentda böldi. Bu haqda Fransiyaning Özbekistondagi elçixonasi matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Jan-Per Trotinyon taşrif davomida Toşkent Davlat texnika universiteti, Toşkent avtomobil yöllari instituti, Toşkent kimyo-texnologiya instituti, Toşkent axborot texnologiyalari universiteti, Toşkent arxitektura-quriliş instituti va Toşkent irrigatsiya va melioratsiya institutlarida bölib, mutasaddilar bilan uçraşdi.

Ma'lumot örnida ta'kidlab ötiş joiz, «N+i» tarmoği Fransiyadagi 70 dan ortiq muhandislik oliy maktablarini birlaştiruvçi uyuşma bölib, uning maqsadi Fransiyada injyenerlik sohasida ta'lim olişni istagan xorijlik talabalarga har tomonlama kömaklaşişdan iborat.