Amerikadagi 500dan ziyod yirik kompaniyalar soliqlardan qoçiş maqsadida 2,1 trln dollardan ziyod mablağlarni xorijdagi ofşor hisob raqamlarida yaşirib kelmoqda. Uşbu mablağlar AQŞga qaytarilgan taqdirda, umumiy qiymati 620 mlrd dollarlik soliqlari tölanişi lozim.

Bu haqda 6 oktabr kuni e'lon qilingan “Fuqarolar adolatli soliqlar uçun” notijorat taşkiloti hamda “AQŞda fuqarolar kayfiyatini örganiş böyiça tadqiqot guruhi” jamğarmasi hamkorligida tayyorlangan tadqiqot natijalarida söz boradi.
Mazkur xulosalar kompaniyalar Qimmatbaho qoğozlar va birjalar böyiça komissiyaga taqdim etgan ma'lumotlar asosida işlab çiqildi.

Tahlil işlaridan söng Fortune 500 – eng muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgan kompaniyalar röyxatidagi har uçta firmaning ikkitasi Bermud, Irlandiya, Lyuksemburg va Niderlandiya singari mamlakatlarda öz mablağlarini saqlayotgani aniqlandi.
Bu kabi kompaniyalar reytingida birinçi örinda Apple korporatsiyasi tilga olindi.

U ofşorlarda 181 mlrd dollardan ziyod mablağlarini soliqlardan yaşirgan holda asrab kelmoqda. Uşbu mablağlar AQŞga köçirilgan taqdirda, mamlakat byudjyetiga 59,2 mlrd dollar soliq tölanadi. Keyingi örinda 18ta xorij bankiga 119 mlrd dollar yönaltirgan General Electric kompaniyasi qayd etildi. Microsoft esa 108 mlrd dollarni soliqlardan “himoyalab” kelmoqda.

Tadqiqot mualliflari AQŞ Kongressini kompaniyalarning soliq yuklaridan qoçişiga yöl qöymaslikka çaqirmoqda. Ularning fikriça, bu byudjyetdagi yetişmovçiliklarni bartaraf etiş, mehnat bozoridagi holatning yaxşilanişiga xizmat qiladi.