Twitter mikroblog xizmati real vaqtdagi eng muhim voqeiliklarni berib boruvçi yangi Moments («Hodisalar») funksiyasini işga tuşirmoqçi. Bu haqda «Gazeta.ru» kompaniya press-reliziga tayanib xabar bermoqda.

Yangi funksiya yordamida foydalanuvçilar eng muhim va ommabop voqealar bilan tanişib borişi va uning qay yösinda yakun topişini kuzatiş imkoniyatiga ega bölişlari mumkin böladi. Foydalanuvçilar şu kabi «hodisa»ga obuna bölişlari va uşbu tadbirning keçişini öz lentalarida kuzatib borişlari mumkin böladi. Voqea tafsilotlari yakunlangaç, mazkur vaziyat ham öz-özidan yöqolib ketadi.

«Hodisalar» xizmati Twitter bilan hamkorlikni yölga qöygan Bleacher Report, Buzzfeed, Entertainment Weekly, Fox News, Getty Images, Mashable, MLB, NASA, New York Times, Vogue va Washington Post kabi amalga oşiriladi. Tez orada Twitter bu boradagi hamkorlari soni kengayişi kutilmoqda. Hozirda mazkur xizmat AQŞ uçun işlamoqda. Tez orada xizmat boşqa mamlakatlar uçun va şuningdek Android va iOS operatsion dasturlari uçun ham işlaşni boşlaydi.

Ma'lumot örnida ta'kidlab ötiş joiz, yangi funksiya Twitter asosçilaridan biri Jyek Dorsining ijtimoiy tarmoqning direktori sifatida tayinlanganidan bir sutka ötib işga tuşirilgani ma'lum qilindi.